Kafolat berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilandi
Illyustrativ foto
Endi Oʻzbekistonda kafolatlar berish tashkiloti moliyaviy mablagʻlar va kafolatlar oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash hamda muammolarni dastlabki bosqichda aniqlash maqsadida kredit tashkilotlari va kafolat portfeli kesimida kamida har oyda tahlil oʻtkazishi kerak. Bu kecha, 11-avgust kuni Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisida”gi nizomda belgilangan.
Nizomga koʻra, tashkilotning tavakkalchiliklarni boshqarish tuzilmasi quyidagilardan tashkil topishi lozim:
- kuzatuv kengashi;
- ijro etuvchi organ;
- tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinma;
- tavakkalchiliklarni boshqarishga masʼul boʻlgan boshqa boʻlinmalar.
Hujjatda qayd etilishicha, tashkilot aktivlarni sifatiga koʻra tasniflaydi va ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar yaratadi.
Tashkilot kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti uning jami xususiy kapitalining jami aktivlariga nisbati orqali hisoblanadi va ushbu koeffitsiyent 10 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring