Yoʻlning oʻrtasida rasmga tushgan talabalarga chora koʻrildi
Ijtimoiy tarmoqlarda talabalarning yoʻl oʻrtasiga guruh boʻlib toʻxtab, rasmga tushgani aks etgan videolar tarqaldi va turli muhokamalarga sabab boʻldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat poytaxtning Yunusobod tumanida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari ishtirokida sodir boʻlgan. Unda Bitiruvchi talabalar piyodalar yoʻlagiga chiqib, fotosessiya qilishgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan harakat qoidalarini buzgan talabalarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 138-moddasi, yaʼni piyodalar va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular bilan profilaktik suhbatlar amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, ushbu tadbirdan soʻng universitet atrofida toʻxtash va toʻxtab turish qoidalarini buzib, sunʼiy tirbandliklarga sabab boʻlayotgan haydovchilarga nisbatan reyd tadbirlari oʻtkazilgan va tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring