Yoʻl harakati bilan bogʻliq ayrim huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy ogohlantirish qoʻllaniladi
Qonun (OʻRQ–1116-son, 04.02.2026-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqida «Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, yoʻl harakati xavfsizligi bilan bogʻliq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy ogohlantirish jazosi qoʻllanilishi belgilangan.
“Maʼmuriy ogohlantirish huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdir. Maʼmuriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qoʻllaniladi”, — deyiladi xabarda.
Maʼmuriy ogohlantirish Kodeks 125-moddasining 1- va 2- qismlarida, 128 (prim 1), 128 (prim 2), 128 (prim 6), 135 (prim 1)-moddalari hamda 138-moddasi 1- va 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Bunda shaxs oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlganda, shuningdek Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari boʻlmaganda, maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga vakolatli organ tomonidan qoʻllaniladi. Maʼmuriy ogohlantirish ayni bir shaxsga nisbatan 1-yil davomida 1-martadan ortiq qoʻllanilishi mumkin emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring