Yirik soliq toʻlovchilar reytingi eʼlon qilindi
2025-yil yanvar oyida Oʻzbekiston boʻylab 959 ta yirik soliq toʻlovchilar tomonidan jami 8,5 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlangan. Bu koʻrsatkich mamlakat iqtisodiyotida eng yirik korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan toʻlovlar hajmi va ularning davlat byudjetiga qoʻshayotgan hissasini aks ettiradi.
Davlat ulushi mavjud TOP-10 yirik soliq toʻlovchilar umumiy hisobda 4,5 trillion soʻm soliq toʻlagan. Ushbu reytingda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2,08 trillion soʻm soliq toʻlab, birinchi oʻrinni egallagan. Ikkinchi oʻrinda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ 639,1 milliard soʻm toʻlov bilan qayd etilgan. “Oʻzkimyosanoat” AJ esa 388 milliard soʻm soliq bilan uchinchi oʻrinni band qilgan. Shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJ (279,8 milliard soʻm), “Navoyuran” AJ (298,5 milliard soʻm) va boshqa yirik davlat ulushiga ega korxonalar roʻyxatda yuqori oʻrinlarni egallagan.
Xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq toʻlovchilar jami 1,3 trillion soʻm soliq toʻlagan. Ushbu roʻyxatda “UZBAT” AJ QK 182 milliard soʻm soliq bilan birinchi oʻrinni egallagan. Ikkinchi oʻrinni “ADM Jizzakh” MCHJ (62,2 milliard soʻm) egallagan boʻlsa, uchinchi oʻrinda “Epsilon Development Company” MCHJ XK 50,6 milliard soʻm soliq bilan qayd etilgan. Shuningdek, “Kapitalbank” ATB (48 milliard soʻm), “Unitel” MCHJ XK (47,6 milliard soʻm), “Tashkent Tobacco” MCHJ (42,3 milliard soʻm) va boshqa xususiy kompaniyalar ham yirik soliq toʻlovchilar qatoridan joy olgan.

Umuman olganda, TOP-20 yirik soliq toʻlovchilar mamlakat boʻylab yirik soliq tushumlarining 60 foizini taʼminlagan. Ushbu koʻrsatkich yirik korxonalar tomonidan davlat byudjetiga qoʻshilayotgan ulkan hissani aks ettirib, ularning iqtisodiy barqarorlikdagi oʻrnini yana bir bor tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring