Yil yakunigacha barcha vakant lavozimlar ochiq yagona elektron platformaga joylashtiriladi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun gʻoyat muhim masala - davlat xizmatini isloh qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qobiliyatni aniqlash, oʻqitish, ishini yaxshi yoʻlga qoʻyishga oʻrgatadigan yaxlit tizim boʻlmagani uchun, ayrim rahbar kadrlar berilgan vazifalarni eplay olmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Misol uchun, oʻtgan 6 oyda bilim va koʻnikmalari yetishmagani bois, 37 nafar tuman va shahar hokimlari almashtirildi.
Umuman, masʼul lavozimlarda oʻtirgan rahbarlarni tanlash, tayyorlash va motivatsiya berish yoʻlga qoʻyilmagani ijrodagi oqsoqliklarning asosiy sabablaridan biri boʻlmoqda.
Shu bois, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, soʻnggi 2 yil davomida chuqur muhokamalar asosida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun tayyorlandi.
Yigʻilishda ushbu Qonun bilan belgilanayotgan yangi tizimning har bir idora va hudud kesimida qanday ishlashi, bu borada turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Birinchi yoʻnalish – davlat idoralariga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etiladi.
Soʻrovlarda ishtirok etgan 50 ming aholining 19 ming nafari (yoki 38 foizi) davlat tizimiga ishga kirishda shaffoflikni oshirish lozim, degan fikrni bildirgan.
Shu munosabat bilan yil yakunigacha:
— barcha vakant lavozimlar ochiq yagona elektron platformaga joylashtiriladi;
— boʻsh lavozimga tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjat soʻralmaydi, barcha jarayonlar elektron shaklga oʻtkaziladi;
— ochiq tanlov orqali nomzodning bilimi, tajribasi va salohiyati aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring