Yil yakuniga qadar 20 ta qoʻshimcha zamonaviy samolyotlar olib kelinib, milliy aviatsiya parki 64 taga yetkaziladi

Foto: president.uz
Soʻnggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilindi, aviapark 44 taga yetdi.
Oʻtgan yili yangi Samarqand aeroporti “beshinchi osmon” rejimida ishlashiga oʻtgani hisobiga, haftalik aviaqatnovlar soni 46 tadan 78 taga, yoʻlovchi oqimi esa 6,5 mingdan 10 mingtaga koʻpaydi.
Lekin, ichki reyslar taqchilligi kuzatilmoqda, temir yoʻlda haftasiga 68 ta qoʻshimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab bor. Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Namangan va Surxondaryoda sayyohlarga avtobus yetishmaydi.
Shu munosabat bilan fuqarolik aviatsiyasi rahbarlariga:
— yil yakuniga qadar 20 ta qoʻshimcha zamonaviy samolyotlarni olib kelib, milliy aviatsiya parkini 64 taga yetkazish;
— aviaqatnovlar sonini haftasiga hozirgi 461 tadan 700 taga yetkazib, yillik yoʻlovchi tashishni 7,5 millionga olib chiqish;
— 1-maydan boshlab vodiy – Urganch, vodiy – Termiz, vodiy – Buxoro, vodiy – Samarqand, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganch, Buxoro – Urganch kabi yoʻnalishlar boʻyicha muntazam aviareyslarni yoʻlga qoʻyish topshirildi. Bunda, aviabilet xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi va bunga 60 milliard soʻm ajratiladi.
Umuman, jami mahalliy reyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga yetkazilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring