Yil oxirigacha “Toshkent – Andijon” muqobil pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha mega-loyiha boshlanadi
Arxiv foto
“Vodiy aholisining uzog‘ini yaqin qilish maqsadida, “Andijon – Farg‘ona – Qo‘qon – Namangan – Andijon” temir yo‘l halqasi bo‘ylab 4 ta elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Natijada, kuniga 8 ta qatnov tashkil etilib, 10 mingga yaqin yo‘lovchi tashiladi. Bunga, 40 million dollar jalb qilinadi.
Shuningdek, Andijon xalqaro aeroporti zamonaviy standartlar asosida to‘liq ta’mirlanadi va bu ishlarga 350 million dollar yo‘naltiriladi.
Shu yil oxirigacha Jahon banki bilan birga, “Toshkent – Andijon” muqobil pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha 2,5 milliard dollarlik mega-loyiha boshlanadi. Loyihani amalga oshirish natijasida, Andijondan Toshkent shahriga borish vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatga qisqaradi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring