Yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha import bojlaridan imtiyoz beriladi

13:34 23 Mart 2023 Siyosat
946 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda ayrim tumanlar ularga oziq-ovqat uchun 70 ming gektar qoʻshimcha maydon berilganiga qaramasdan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan oʻzini oʻzi taʼminlay olmayotgani tanqid qilindi.

Hokimlar mavjud oziq-ovqat maydonlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirishda tashabbus koʻrsatmayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan hamda aholi dasturxonining toʻkin-sochinligini oʻylab, yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha import bojlaridan imtiyoz berilishi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, 1-maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qoʻy va parranda goʻshti, tuxum va oʻsimlik yogʻi xarid qilsa, qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytariladi. Bu orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?