Yigʻilishda takroriy ekinlar ekilishi holatiga toʻxtalib oʻtildi
Iyul oyida yillik inflyatsiya darajasi 8,9 foizni, oziq-ovqat mahsulotlarida esa 10,7 foizni tashkil qildi. Bu borada kartoshka, piyoz, un va yogʻ mahsulotlari oʻtgan yilga nisbatan arzonlashgani muhim omil boʻldi.
Lekin, takroriy ekin ekish ishlari toʻgʻri tashkil etilmagani bois ayrim hududlarda sabzi narxi 52 foizgacha oshgan; pomidor 2 barobar qimmatlagan; bodring narxi 1,7 barobargacha oʻsgan.
Bundan tashqari, respublika boʻyicha bor-yoʻgʻi 44 ming gektarga kartoshka takroriy ekin sifatida ekilgan.
Yigʻilishda bundan buyon tuman hokimlari hududida inflyatsiyani jilovlashga shaxsan javob berishi taʼkidlandi.
- Shu oʻrinda hokimlarni qatʼiy ogohlantiraman. Narxlarni jilovlash tadbirkorlarga mahsulotini majburlab arzon narxlarda sottirish hisobidan boʻlmasligi kerak.
Bu ishlar faqat va faqat takroriy ekinlarni koʻpaytirish va mahsulot hajmini oshirish orqali taʼminlanishi shart, - dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring