Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (661-son, 14.12.2023 y.) bilan “Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom qabul qilindi.
Nizomga koʻra, ijtimoiy soliq soliq toʻlovchilar tomonidan hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqariladi.
Ijtimoiy soliq yuridik shaxslar tomonidan qoʻshimcha toʻlov, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari va sanatoriy-profilaktoriylarning taʼminoti uchun biror-bir chegirmalarsiz hisoblab yozilgan summaning toʻliq hajmida oʻtkaziladi.
Yuridik shaxslar ijtimoiy soliq toʻlanishi boʻyicha hisob-kitoblarni oʻzlari soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan soliq xizmati organlari bilan birgalikda yuritadi.
Yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobida ish haqi shaklidagi daromadlardan ijtimoiy soliqning hisoblab yozilishi va oʻtkazilishi, shuningdek, qoʻshimcha toʻlov toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarning aks ettirilishi har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa – keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har kuni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining qoplanishi boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarga oid maʼlumotlar elektron shaklda Soliq qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Pensiya jamgʻarmasining pensiyalarni toʻlashga ajratilgan xarajatlari yuridik shaxslar tomonidan oʻz vaqtida qoplanmagan taqdirda, qoplanishi lozim boʻlgan summaning har bir kechiktirilgan kuni uchun qarzdorlik summasining 100 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya hisoblanadi va undiriladi.
Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatidan kelib tushgan mablagʻlar asosida taqdim etilgan talabnomalarga koʻra 2 ish kunida tegishli yuridik shaxslarga moliyalashtiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring