Ijtimoiy himoyaga muhtojlar mehr-muruvvatdan chetda emas
Oʻzgalar yordamiga muhtoj insonlarning holidan xabar olish, gʻamxoʻrlik koʻrsatish oʻzbekona urf-odatlarimizdan sanaladi. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yil “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilinganligi bu boradagi ishlarning uzviy davomi boʻlib, koʻplab xayrli ishlarga imkon yaratdi.
Binobarin, Chilonzor tumani Xalq qabulxonasida masʼul xodimlar tomonidan hududda yashovchi yakka-yolgʻiz va nogironligi boʻlgan shaxslar qatlamining yashash sharoitini oʻrganish va muammolarini aniqlash boʻyicha maxsus shtab tashkil etilganligi buning yaqqol misolidir.
Ayni paytda mazkur shtab aʼzolarining saʼy-harakatlari bilan koʻplab xonadonlarga quvonch, mehr-oqibat kirib bormoqda.
Jumladan, 82 yoshli Svetlana Andronova Chilonzor tumanining Navbahor mahallasida istiqomat qiladi. Yaqinda shtab aʼzolari tomonidan onaxonga uy-roʻzgʻor buyumlari, oziq ovqat mahsulotlari, Bektoʻpi mahallasida yashovchi R. Afsaxovaga ham oshxona jihozlari bilan bir qatorda zarur oziq ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Shuningdek, Nafosat mahallasida yashovchi 97 yoshli V. Anashkina, Katta Olmazor mahallasidan M. Abdurahmonova, novzalik V. Belash, Qatortol mahallasidan R.Velboves, Katta Chilonzor mahallasilik S. Saʼdiy, oqtepalik M. Mamayev singari oʻnlab yakka-yolgʻiz, oʻzgalar koʻmagiga muhtoj qariyalar ham bunday mehr-muruvvatdan chetda qolishmadi.
Aslida, maqsad ham hech bir qariya, nogironligi bor, koʻngli oʻksik insonlar hukumatimiz etiboridan chetda qolmasin.
— Bunday xayrli ish faqatgina Ramazon, Hayit bayramlarida emas, balki yil davomida amalga oshirilishini maqsad qilganmiz, — deydi shtab rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Chilonzor tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh. Murzajonov. — Zotan, inson qadri baland yurtda mehr koʻrgan fuqaro hamisha shukronalik bilan yashaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring