Ijodkorlarga “Parkent ijod uyi” foydalanishga topshirildi
Toshkent viloyatida Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligiga tuhfa sifatida qurib bitkazilgan “Parkent ijod uyi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Shu munosabat bilan mazkur ijod maskanini ochilish marosimini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish maqsadida jurnalistlar uchun press-tur ham tashkil etildi.
Tadbirda davlat va jamoat vakillari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent viloyat hokimligi, «Oʻzavtosanoat» AJ, taniqli ijodkorlar, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, Prezident qarorida Toshkent viloyatida “Parkent ijod uyi”ni qurib foydalanishga topshirish vazifasi berilgan edi. Ushbu muhtasham inshoot «Oʻzavtosanoat» AJ tomonidan qurib bitkazildi.
Qayd etilishicha, ilgari ijodkorlarning dam olishlari va ijod qilishlari uchun faqatgina “Doʻrmon” ijod uyi mavjud edi.
Shuningdek, yangidan bunyod etilgan “Parkent” ijod uyining mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami oldidan foydalanishga topshirilayotgani adabiyot ahli uchun katta shodiyona boʻldi. Boisi, ushbu ijod maskani ijodkorlar tomonidan barhayot asarlar yaratilishiga, adabiy muloqotlarga guvoh boʻlishi shubhasizdir. Bino zamonaviy andozalar asosida qurilgan boʻlib, 152 oʻringa moʻljallangan, 32 xonadan iboratdir. 2 gektar yer maydonida joylashgan inshoot ochiq va yopiq suv havzasiga, kutubxona, oshxona, choyxona hamda 150 oʻrinli amfiteatriga ega.
Oromgoh hovlisida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi tomonidan yangi chop etilgan kitoblar koʻrgazma-savdosi tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring