IX qishki Osiyo o‘yinlariga Xitoyning Xarbin shahri mezbonlik qiladi
2025-yilda bo‘lib o‘tadigan IX qishki Osiyo o‘yinlari Xitoyning Xarbin shahrida o‘tkaziladi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi xabar tarqatdi. Unda aytilishicha, Osiyo Olimpiya kengashi hamda IX qishki Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi Xitoy olimpiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda o‘yinlar o‘tadigan sanalarni ham keng jamoatchilikka e’lon qildi.
Kelishuvga ko‘ra IX qishki Osiyo o‘yinlari kelgusi yilning 7-14-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, VIII qishki Osiyo o‘yinlariga 2017-yil Yaponiyaning Sapporo va Obihiro shaharlari mezbonlik qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring