IT xizmatlarining 90 foizi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi. Eng ogʻir holat Qoraqalpogʻiston, Andijon va Surxondaryoda
Foto: president.uz
Prezident huzurida Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022-yildagi rejalari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident yechimini kutib turgan yana bir nechta muammoni sanab oʻtdi.
Xususan, “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturi doirasida vazirlik va tarmoqlarning 11 ta loyihasi kechikmoqda.
Jumladan, Transport va Moliya vazirliklarida – 3 tadan, Investitsiya, Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Kadastr agentligi, Milliy bank, «Oʻzagrosugʻurta»da – 1 tadan.
Bugungi kunda ayrim vazirlik va idoralar eski, ishonchsiz va oʻzaro integratsiya qilinmagan axborot tizimlaridan foydalanib kelmoqda.
Bundan tashqari, hududlarda IT sohasini rivojlantirish boʻyicha ishlar bir maromda emas. IT xizmatlarining 90 foizi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi. Eng ogʻir holat Qoraqalpogʻiston, Andijon va Surxondaryoda.
Shu bilan birga, 46 ta hududiy loyiha ijrosi kechikmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring