“Isuzu”ga ortilgan kunjara ostiga sifatsiz tamaki berkitgan “uddaburonlar” qoʻlga tushdi
“Isuzu”ga ortilgan kunjara tagidan 15 ming quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari topildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.J. va boshqalar “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasiga ortilgan kunjara tagiga xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 195 mln soʻmlik 2 turdagi 15 ming quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini yashirib olib kelayotgan vaqtida Pop tumani hududida ushlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring