Toshkent shahridagi istirohat bogʻida “tomosha koʻrsatgan” yigitning ishi sudga oshirildi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi istirohat bogʻida hovuzdagi dekorativ baliqlarni qoʻliga olib, bunga eʼtiroz bildirgan ayolni haqorat qilgan yigitning videosi tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 23-iyun kuni taxminan soat 22:00 larda Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan istirohat bogʻlarining birida 22 yoshli M.Sh. hovuzdagi baliqni suvdan chiqargan holda qoʻli bilan ushlab olgan. Uning bu harakatini 25 yoshli D.A. eʼtiroz bildirgan va baliqni suvga qoʻyib yuborishini soʻragan. Biroq M.Sh. jamoat joyida boʻla turib, D.A.ni uyatli soʻzlar bilan soʻkib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB tomonidan fuqaro M.Sh.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun sudga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring