Isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan, inson salomatligiga jiddiy xavf soluvchi goʻsht mahsuloti savdosining oldini olindi

13:19 29 Iyul 2023 Jamiyat
509 0

2023-yil 26-iyul kuni Shoʻrchi-Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan Shoʻrchi tumani Baxshitepa mahallasida yashovchi O.Zafar (ism shariflar oʻzgartirilgan) boshqaruvida boʻlgan Cobalt rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilganda yukxonasida 170 kg miqdoridagi hech qanday veterinariya hujjatisiz olib ketilayotgan mol goʻshti borligi aniqlandi.

Ushbu aniqlangan goʻsht mahsulotini isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini tekshirish uchun Boysun tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq- ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi laboratoriyasiga topshirilganida, isteʼmolga yaroqsiz ekanligi aniqlandi.

Inson salomatligiga jiddiy kasallik yuqtirish orqali zarar keltirib chiqaruvchi isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotini sotib moʻmaygina pul orttirishni maqsad qilgan qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorga Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tegishli tartibda qonuniy chora koʻrildi.

Ichki ishlar organlari hamda tegishli davlat tashkilot va idoralari bilan hamkorlikda bu kabi isteʼmolga yaroqsiz inson salomatligiga jiddiy xavf soluvchi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini aniqlash borasidagi reyd tadbirlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер