Istanbul markazida besh qavatli bino qulab tushdi

23:51 06 Aprel 2023 Dunyo
1979 0

Foto: İHA

Turkiyaning Istanbul shahrining Yevropa qismidagi Beyoglu tumanida tashlandiq besh qavatli bino qulab tushdi. Bu haqda Turkiyaning DHA agentligi xabar berdi.

Binoning qisman qulashi 6-aprel kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 6:30 da sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida beton parchalari yoʻlga tushgan. Shundan soʻng bino joylashgan koʻcha transport va piyodalar harakati uchun toʻsib qoʻyildi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, soat 14:50da binoning jabhasi kuchli shovqin bilan qulagan. Manbada aytilishicha, binoda taʼmirlash ishlari olib borilayotgan edi. Voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar, politsiya xodimlari, Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi xodimlari va poytaxt maʼmuriyati vakillari yetib kelgan.

Manbada qurbonlar va jarohatlangan haqida maʼlumotlar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?