“Istanbul Bashakshehir” jamoasi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi

05:00 08 Mart 2026 Sport
622 0

Bugun, 7-mart kuni futbol boʻyicha Turkiya Superligasining 25-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan oʻyinda “Istanbul Bashakshehir” jamoasi oʻz maydonida “Gyoztepe” klubini qabul qildi.

Uchrashuv 2:1 hisobida “istanbulliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblar safidan Ivan Brnich va Oʻmer Shaxiner mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona javob goli esa Aleksiz Antunes hisobiga yozildi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev oʻyinni asosiy tarkibda boshladilar.

Abbosbek Fayzullayev birinchi golga assistentlik qildi va 68-daqiqada zaxiraga olindi. Eldor Shomurodov esa toʻliq oʻyin oʻtkazdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер