“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Olmazor tumanida yangi kogeneratsiya qurilmasini ishga tushirdi
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan poytaxtimizning Olmazor tumani “Shon-Shuhrat” mahallasi hududida investitsiya loyihasi asosida Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi, zamonaviy hamda energotejamkor kogeneratsiya qurilmasi bunyod etildi. Qurilma ishiga kecha, “Congress Hall” majmuasida Prezidentimiz ishtirokida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida start berildi.
Shunga koʻra, elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 1,2 MVt, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish quvvati 6,4 Gkalga teng boʻlgan yangi qurilma poytaxtimizning Olmazor tumani “Shon-Shuhrat” mahallasi hududida qad rostladi.
Umumiy maydoni 0,16 gektarni tashkil qiluvchi zamonaviy energoinshootning umumiy loyiha qiymati 3,6 mln AQSH dollariga teng, u “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Uning foydali ish koeffitsiyenti 80 foizdan yuqorini tashkil etadi.
Loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 8 mln. kVt·soat elektr energiyasi hamda 52 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha asosida rivojlangan davlatlarning eng zamonaviy va yuqori tejamkor texnologiyalari oʻrnatilishi hisobiga yiliga 0,7 mln. kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinadi, atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar hajmi 67 foizga kamayadi. Loyihaga koʻra, 10 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Bu yerda Germaniyadan keltirilgan gaz-porshen qurilmasi hamda ikkita “Bosch” qozonlari oʻrnatildi. Zamonaviy usulda qurilgan energoqurilmada ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi aholi xonadonlariga yopiq tizim orqali yetkazib berilishi tufayli yoʻqotishlar umuman kuzatilmaydi. Qurilma ishga tushirilishi natijasida, hududdagi 18 ta koʻp qavatli uy, 1 ta maktab, 1 ta ijtimoiy soha obyekti va mingdan ortiq aholi xonadonlari barqaror ravishda issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring