“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ da xavfsizlik texnikasi boʻyicha koʻrik oyligi davom etmoqda

13:55 25 Iyun 2025 Jamiyat
55 0

2025-yil 1-iyundan 1-iyulga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimidagi barcha filiallarda xavfsizlik texnikasi koʻrik oyligi oʻtkazilmoqda. Ushbu oylik doirasidagi amaliy tadbirlar jamiyatning “Toshkent IEM” filialida ham tizimli tashkil etilmoqda.

Tadbirlar doirasida sexlar oʻrtasida “Kasb mahoratini oshirish” mavzusida oʻquv seminar va tanlovlar oʻtkazilib, unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik texnikasi qoidalari va birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarning bilimi sinovdan oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, yozgi jazirama ob-havo sharoitida quyosh nurlaridan himoyalanish va noxush holatlarda tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.

“Toshkent IEM” bosh muhandisi U.Riskulov va Mustahkamlik va texnika xavfsizligi boshligʻi Gʻ.Qorayev boshchiligida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.

Filialda xavfsiz mehnat muhitini yaratish, zamonaviy himoya vositalarini joriy etish, meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish orqali xodimlar salomatligini asrash va ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Bunday tadbirlar barqaror xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun: Toshkent issiqlik elektr markazi poytaxtimizning 6 ta tumanini (Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor, Shayxontohur, Yashnobod va Uchtepa) issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlovchi asosiy korxona hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер