“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “BB-” “Barqaror” xalqaro kredit reytingini oʻzgarishsiz saqlab qoldi
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2024-yilning noyabr oyida xalqaro kredit reytinglarini yangilash boʻyicha tizimli ishlarni boshlagan edi. Joriy yilning 20-yanvarida “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi aksiyadorlik jamiyatining xalqaro indikativ reytingini “BB-“ “Barqaror” darajada saqlab qoldi va Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga teng darajada deb eʼlon qildi.
Taʼkidlash lozimki, xalqaro reyting koʻrsatkichlari yilda bir marotaba yangilanadi. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2023-yilning yanvar oyida ilk bora “BB-“ “Barqaror” kredit reytingi bilan baholangan. 2024-2025-yillarda ham, ushbu “BB-“ “Barqaror” kredit reytingini saqlab qolishga erishildi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJga mazkur darajani berishdan avval “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi mutaxassislari tomonidan bir yil davomida jamiyatning faoliyati tahlil qilindi. Bunda aksiyadorlik jamiyatining nafaqat moliyaviy-iqtisodiy va biznes strategiyasi holati oʻrganildi, balki moliyaviy modeli barqarorligi hamda korporativ boshqaruv tizimi, ishlab chiqarish jarayonlari hamda boshqa yoʻnalishlar ham chuqur tahlil qilindi.
Yana bir muhim jihat, jamiyatga kiritilayotgan investitsiya koʻlamining jozibadorligi va uni boshqarish salohiyati, kredit yukini kerakli darajada nazorat ostiga olish boʻyicha olib borilayotgan tizimli islohotlar samarasi mazkur ijobiy natijaga erishishga xizmat qildi.
“BB-“ darajasi kredit xavflari mavjud boʻlishi mumkin ekani, biroq kompaniya investorlar va kreditorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajara olishini bildiradi.
Shuningdek, mazkur reyting, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJni jahon investitsiya bozorlarida aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy holatiga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona pozitsiyasini saqlab qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring