Yiliga ikki marta hosil olish siri
Hozirgi kunda Toyloq tumanida umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etuvchi 9 ta yirik issiqxona faoliyat olib bormoqda. Jumladan, “Baxshitepa agrofirmasi – Omad Jasmina” fermer xoʻjaligida 2 gektar issiqxonada pomidorning “Azera” navi yetishtirilmoqda. Ushbu issiqxonadan yiliga oʻrtacha 80–100 tonna sifatli hosil olinmoqda.
Shuningdek, agrofirma hududidagi Karim-Agro-Jahon fermer xoʻjaligida 2 gektar issiqxona maydonida 1 gektar maydonga pomidorning “Beruniy” navi, yana 1 gektar maydonga bodringning “Melen” navi ekilgan boʻlib, har bir gektardan 100 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Iskandar Agro Kon MCHJga qarashli 2 gektar issiqxona maydonining toʻliq qismiga sabzining “Take” navi ekilib, yuqori hosildorlikka erishish maqsad qilingan. Tumanning Tepaqishloq mahallasida istiqomat qiluvchi B. Hamrayev ham oʻzining 60 sotixli issiqxonasida sabzi yetishtirdi. U hozirda hosilni dehqon bozorlariga chiqarib sotishni boshladi.
— Issiqxonadan unumli foydalanish orqali yil davomida oilamizda barqaror daromad manbai yaratilmoqda, shuning ortidan sharoitlarimizni yaxshilayapmiz, — deydi B.Hamrayev. — Samarali mehnatimiz nafaqat oilamiz farovonligini oshirishga, balki ichki bozorni sifatli mahsulot bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Jomboy tumanining Sariqipchoq mahallasida yashovchi tadbirkor Sabohat Korjayeva esa oʻzining 8 sotix yer maydonida barpo etgan issiqxonasida 100 tupdan ziyod limon daraxtlari parvarishlab, yiliga ikki marotaba hosil olmoqda.
— Mavsum davomida issiqxonadan 100 million soʻmgacha daromad olishga erishmoqdamiz, — deydi S.Korjayeva. — Mahalla xotin-qizlarini ish bilan taʼminlab, ularning bandligini oshirishga ham oʻz hissamizni qoʻshyapmiz.
Ayni paytda tadbirkor qoʻshimcha issiqxona qurish va mandarin koʻchatlarini ekishni rejalashtirgan. Bu esa nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki mahallada yangi ish oʻrinlari yaratish imkonini ham beradi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring