Isroilning navbatdagi nishoni Turkiyami?
Isroilning Qatarga hujumidan soʻng Anqara Tel-Avivning mintaqaviy ambitsiyalari yuzasidan tobora koʻproq hushyorlikka oʻtmoqda. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Isroil hukumatining Qatarga zarbasidan soʻng isroillik sharhlovchilar eʼtiborini tezda Turkiyaga qaratgan. Bu holat Anqarani siyosiy hushyor boʻlishga majbur qilgan.
“American Enterprise Institute” katta ilmiy xodimi Maykl Rubinning taʼkidlashicha, Turkiya Isroilning navbatdagi nishoni boʻlishi mumkin. Biroq shunday boʻlgan taqdirda ham mamlakat oʻzini himoya qilish uchun NATO aʼzoligiga tayanmasligi kerak.
Ijtimoiy tarmoqlarda isroillik akademik va siyosiy arbob Mayer Masrining Isroil Qatarga yoʻllagan zarbasidan soʻng bildirgan fikri koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. U oʻzining “X” tarmogʻidagi sahifasida “Bugun Qatar, ertaga Turkiya”, deb yozgandi.
Mayer Masrining ushbu soʻzlariga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning katta maslahatchisi keskin javob qaytargan.
Uning “Nomingiz xaritadan oʻchirilishi bilan dunyo tinchlikka erishadi”, deb aytgan gaplari isroillik ekspertlar tomonidan tahdid sifatida qabul qilingan.
Mazkur holat fonida Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi ommaviy axborot vositalari Turkiyani “Isroilning eng xavfli dushmani” sifatida koʻrsatishga urinmoqda.
Unga koʻra, isroillik sharhlovchilar Turkiyaning Sharqiy Oʻrtayer dengizidagi mavjudligini “tahdid” va urushdan keyingi Suriyani qayta qurishdagi rolini “yangi kuchayib borayotgan xavf” sifatida baholagan.
“Anqarada Isroilning harakatlari jiddiy qabul qilinmoqda. Isroil mintaqaviy gegemonlikka intilyapti. Turkiya Isroil tajovuzining chegarasi yoʻqligini tobora koʻproq his qilmoqda”, — deydi Atlantika Kengashining norezidenti boʻlgan Omer Oʻzkiziljik.
Turkiyadagi Global va mintaqaviy tadqiqotlar markazi direktori Goʻkhan Cinkara hozircha Isroil va Turkiya oʻrtasidagi keskinlik nazorat ostida ekanini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring