Isroilning Gʻazoga qilgan soʻnggi hujumlari oqibatida ikki nafar jurnalist halok boʻldi
Isroil kuchlarining Gʻazo shahriga qilgan soʻnggi hujumlari oqibatida ikki nafar jurnalist halok boʻldi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Gʻazo hukumati matbuot boʻlimi Isroil hujumlari oqibatida ikki nafar falastinlik jurnalist Tamer al-Zaanin va Vala al-Jabariyning halok boʻlganini tasdiqlagan. Bayonotda aytilishicha, halok boʻlgan jurnalist Tamer al-Zaanin turli ommaviy axborot vositalarida fotojurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Vala al-Jabariy esa bir qancha ommaviy axborot vositalarida gazeta muharriri boʻlib ishlagan.
Maʼlumotlarga koʻra, 2023-yil oktyabr oyidan buyon Isroilning Gʻazoga qilgan hujumlari oqibatida halok boʻlgan jurnalistlar soni 231 nafarga yetgan.
Oq uy matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ayni paytda Trampning Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish va asirlarni ozod qilish masalalari boʻyicha kelishuvga erishish uchun Yevropaga yoʻl olgan. Bildirilishicha, Stiv Uitkoff tashrif chogʻida Yaqin Sharqning muhim yetakchilari bilan uchrashadi.
Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarga yaqin manbaning taʼkidlashicha, HAMAS harakati oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga javobini vositachilarga bildirgan. Shu sababli batafsil maʼlumot berishdan bosh tortgan.
Shuningdek, Isroil prezidenti Isaak Gersog Gʻazoga tashrifi chogʻida Isroil askarlari bilan uchrashib, u yerda saqlanayotgan asirlarni qaytarish boʻyicha doimiy muzokaralar olib borilayotganini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring