Isroilga amalga oshirilgan raketa hujumlarida Oʻzbekiston fuqarolari jabrlanmagan
Isroil hududiga amalga oshirilgan raketa hujumlari oqibatida jabr koʻrgan Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq. Bu haqida Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
“2026-yil 4-mart holatiga koʻra, Isroil davlati hududiga amalga oshirilgan raketa hujumlari natijasida jabr koʻrgan Oʻzbekiston fuqarolari haqida Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasiga murojaatlar kelib tushmagan”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, elchixona mazkur vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgani, xodimlar Isroilning tegishli davlat organlari vakillari bilan doimiy aloqada ekani maʼlum qilingan.
Shoshilinch murojaatlar uchun quyidagi aloqa vositalari faoliyat yuritayotgani eslatib oʻtilgan:
- 03-672-2466 / 03-672-2371 / 03-758-5075 / 03-758-5076
- Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: +972 54-4851397
- Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
- Elchixonaning rasmiy Telegram-kanali va guruhi — «KONSULLIK XIZMATI (https://t.me/uzbisrelchixonagroup)».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring