Isroilda nomaʼlum shaxslar odamlarga qarata oʻq uzdi, qurbon bor
3-mart kuni Isroilning Hayfa shahridagi markaziy avtovokzal yaqinida nomaʼlum shaxslar yoʻlovchilarga qarata oʻq uzgan. Bu haqida “The Times of Israel” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, hujum oqibatida bir nafar inson vafot etgan hamda bir necha kishi jarohatlangan. Hujum uyushtirgan shaxslar oʻq otar qurollar hamda oʻtkir tigʻli buyumlardan foydalangani aniqlangan.
Dastlabki tekshiruv xulosalariga koʻra, ushbu terrorni uyushtirgan shaxslar voqea joyida oʻldirilgan. Politsiya terrorchilarning shaxsini aniqlashga harakat qilmoqda.
“Yoʻq qilingan terrorchining shaxsi hozircha aniq emas. Biz qoʻshimcha hujumchilar borligini istisno qilish uchun hududni koʻzdan kechirmoqdamiz. Jarohatlanganlar shimoliy shahardagi Rambam tibbiyot markaziga yotqizilgan”, — deydi mahalliy politsiya xodimi.
Shifokorlarning maʼlum qilishicha, hujum natijasida 70 yoshli erkak halok boʻlgan. Yana toʻrt kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring