Isroil hujumlarida “Barq Gaza” axborot agentligi direktori oʻldirildi
Foto: “Barq Gaza” axborot agentligi
Isroil bosqinchilari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida “Barq Gaza” axborot agentligi direktori Hassan Majdi Abu Varda oila aʼzolari bilan birga halok boʻldi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Manbaning qayd etishicha, Isroil tomonidan Gʻazo shimolidagi Jabaliya hududiga uyushtirilgan hujum oqibatida halok boʻlganlar orasida jurnalist Hassan Majdi Abu Varda ham bor. Gʻazo hukumatining Media idorasi ham uning vafotini tasdiqlagan.
Maʼlum boʻlishicha, Abu Varda “Barq Gaza” axborot agentligi direktori boʻlgan.
“U Isroil bosqinchilari tomonidan Jabaliya al-Nazla (Gʻazo shimoli) hududidagi uyi bombardimon qilinishi oqibatida, oila aʼzolari bilan birga shahid boʻldi”, deyiladi Media idorasi tomonidan eʼlon qilingan bayonotda.
Bayonotda Isroil harbiylarining Falastin jurnalistlarini muntazam nishonga olishi, oʻldirishi va suiqasdlar uyushtirishi eng keskin ifodalar bilan qoralangan. Taʼkidlanishicha, hozirda bosqinchilar tomonidan Gʻazo sektorida oʻldirilgan jurnalistlar soni 220 nafarga yetgan.
Shuningdek, Media idorasi Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi, Arab jurnalistlari federatsiyasi va barcha davlatlardagi jurnalistlar tashkilotlarini Gʻazo sektoridagi ommaviy axborot vositalari vakillariga qarshi amalga oshirilayotgan ushbu tizimli jinoyatlarni qoralashga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring