Isroil hukumati Netanyahuning HAMASni toʻliq magʻlub etish taklifini maʼqulladi

11:40 08 Avgust 2025 Dunyo
209 0

Foto: Reuters

Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi bosh vazirning Falastinning HAMAS harakatini yengish haqidagi taklifini maʼqulladi. Bu haqda yahudiy davlati bosh vazir Benyamin Netanyahuning idorasi maslahatchisi maʼlum qildi.

“Milliy xavfsizlik boʻyicha vazirlar qoʻmitasi (harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi) bosh vazirning HAMASni magʻlub etish taklifini maʼqulladi. Isroil mudofaa kuchlari jangovar hududlardan tashqarida tinch aholiga gumanitar yordam yetkazish bilan birga, Gʻazo shahri ustidan nazorat oʻrnatishga tayyorgarlik koʻradi”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, vazirlar mahkamasi koʻpchilik ovoz bilan urushni tugatishning beshta tamoyilini qabul qildi. U Gʻazo sektorini boshqarayotgan tashkilotni qurolsizlantirish, barcha 50 garovga olinganlarni qaytarish, anklavni demilitarizatsiya qilish, Gʻazo sektori xavfsizligi ustidan Isroil nazoratini oʻrnatish, HAMAS va Falastin milliy maʼmuriyatidan tashqari uchinchi muqobil hukumatning mavjudligi taʼminlashni oʻz ichiga olgan.

“Vazirlarning mutlaq koʻpchiligi vazirlar mahkamasiga taqdim etilgan muqobil reja na HAMASni magʻlub eta oladi, na garovga olinganlarni qaytaradi, deb hisobladi”, — deydi Netanyahu idorasi maslahatchisi.

Payshanba kuni Netanyahu xavfsizlik perimetrini oʻrnatish va keyinchalik yarim eksklavni yangi fuqarolik hukumati nazoratiga oʻtkazish uchun butun Gʻazo sektori ustidan nazorat oʻrnatish niyatini eʼlon qildi. Bosh vazirning aniqlik kiritishicha, Isroil Gʻazo sektori ustidan nazoratni saqlab qolishni rejalashtirmayapti, faqat “xavfsizlik perimetri”ni oʻrnatish niyatida.

2023-yil 7-oktyabr kuni Isroilga Gʻazo sektoridan HAMAS hujum qilishi bilan Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayib ketdi.

Harakat aʼzolari harbiylar va fuqarolarga qarata oʻt ochdi, 200 nafardan ortiq odamni garovga oldi. Isroil tomonida 1200 nafarga yaqin odam halok boʻldi.

Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari tinch aholi nishonlariga zarba berishni oʻz ichiga olgan “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Tel-Aviv Gʻazo sektorini toʻliq qamal qilib, suv, elektr energiyasi, yoqilgʻi, oziq-ovqat va dori-darmon taʼminotini toʻxtatdi. Buning oqibatida 56 ming nafardan ortiq falastinlik va 1500 nafarga yaqin isroillik halok boʻldi.

Mojaro Livan va Yamanga ham tarqaldi va Isroil va Eron oʻrtasida raketa zarbalari almashinuviga sabab boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер