Isroil harbiylari Gʻazo sektoridagi HAMAS tunnellarini suv bilan toʻldira boshladi

17:34 13 Dekabr 2023 Dunyo
531 0

Foto: Reuters

Isroil harbiylari Gʻazo sektori ostidagi HAMAS tunnellarini suv bilan toʻldirishni boshlagan.

Isroil tunnellarni suv bilan toʻldira boshlagani haqida "The Wall Street Journal" (WSJ) nashri Isroil mudofaa kuchlari operatsiyalari haqida maʼlumot bergan amerikalik rasmiylarga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tunnellarni Oʻrta yer dengizi suvi bilan toʻldirishga urinishlar Isroil ularni tozalash va yoʻq qilishga urinayotgan bir necha usullardan biridir. Ushbu operatsiya bir necha hafta davom etishi mumkin.

Biroq, AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatining baʼzi rasmiylari dengiz suvidan foydalanish samarasiz boʻlishi va anklavdagi chuchuk suv taʼminotini xavf ostiga qoʻyishi mumkinligidan xavotirda.

Oʻz navbatida, Isroil mudofaa vazirining matbuot kotibi tunneldagi operatsiyalar maxfiy ekanligini aytib, izoh berishdan bosh tortdi.

Avvalroq, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant HAMAS halokat yoqasida ekanini aytgandi. Uning qoʻshimcha qilishicha, isroillik harbiylar Gʻazo sektori shimolidagi operatsiyada burilish nuqtasiga yaqinlashmoqda. Anklav shimolidagi harakatning soʻnggi tayanch nuqtalarini oʻz nazoratiga olmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер