Isroil Gʻarbiy Sohilda turarjoy qurishga tender eʼlon qildi

Isroil Gʻarbiy Sohildagi strategik ahamiyatga ega boʻlgan Efrat hududida mingga yaqin turarjoy qurilishi uchun tender eʼlon qildi. Bu yangi Isroil mahallasi barpo etish rejasining bir qismi hisoblanadi.
Shu kunlarda AQSH senatori Marko Rubio Yaqin Sharqqa tashrif buyurgan. U Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvdan soʻng, “HAMAS harbiy yoki hukumat kuchi sifatida mavjud boʻla olmaydi“, — deya bayonot berdi.
Shuningdek, Isroil xavfsizlik kengashi Gʻazo sektoridagi sulhning yangi bosqichini muhokama qilishi kutilmoqda. Agar Gʻazoda saqlanayotgan barcha asirlar ozod qilinmasa, keskin javob qaytarilishini aytgan Netanyahu. Hozirgacha HAMAS 19 nafar asirni ozod qilgan, Isroil esa mingga yaqin falastinlikni qoʻyib yuborgan.
Shu bilan birga, Isroil sulh shartlarini muntazam buzib kelmoqda. 15 oydan buyon davom etayotgan urushda Gʻazo sektoridagi uylarning 70 foizi vayron boʻlgan. Oʻn minglab koʻchma uylar Misr bilan Rafah chegarasida toʻplanib qolgan. Otashkesim shartlariga koʻra, Isroil Gʻazo hududida 60 mingta uy va 200 mingta chodir joylashtirishga rozi boʻlgan, biroq hozirgacha atigi 20 mingta chodir oʻrnatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring