Isroil davlati Oʻzbekiston tibbiyot muassasalariga amaliy yordam koʻrsatdi
Bugun dunyoda koronavirusning yangi shtammi tez surʼatlarda tarqalmoqda. Garchi kasallik bemorlarda nisbatan yengil kechayotgan boʻlsa-da, biroq bu xotirjamlik uchun asos boʻlolmaydi.
Ana shunday vaziyatda ushbu xavfli infeksiyaga qarshi kurashish borasida katta tajriba toʻplagan Isroil davlati mamlakatimizga COVID-19 dan himoyalanish vositalari va tibbiy jihozlardan iborat insonparvarlik yordamini topshirdi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan uchrashuvda vazirlik mutasaddilari Isroilning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ziyavit Ben Xilel boshchiligidagi delegatsiyaga alohida minnatdorlik bildirib, tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Muloqotda tibbiy taʼlim, onkologiya, oftalmologiya, urologiya, virusologiya, farmatsevtika kabi qator yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish, ilmiy tadqiqot, tibbiy koʻrik va mahorat darslari oʻtkazish ishlarini jonlantirish zarurligini qayd etildi.
Isroil davlatining tibbiyot vositalari va jihozlaridan iborat insonparvarlik yordami hududiy tibbiyot muassasalariga yetkazib berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring