Ispaniyada toshqin qurbonlari soni 158 kishiga yetdi
Foto: Ijtimoiy tarmoq
Ispaniyada kuchli yomgʻir va suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 158 nafarga yetgan. Bu haqda mahalliy “20minutos” nashri xabar tarqatdi.
“DANA” boʻronidan eng koʻp jabr koʻrgan hududlarda qutqaruv xizmatlarining ishi muqarrar ravishda yomonlashgani bois fojia koʻlami chuqurlashib ketdi. Valensiya, Kastilya-La-Mancha va Andalusiya avtonom hududlarida kuchli boʻron oqibatida allaqachon 158 kishi halok boʻlgan. Ularning katta qismi, yaʼni 155 nafari Valensiya provinsiyasida halok boʻlgan”, — deyiladi manbada.
Qayd etilishicha, hukumat Valensiyaga soʻnggi yillarda oʻrmon yongʻinlari, suv toshqinlari va barcha turdagi ofatlarga qarshi kurashda kuchli davlat quroliga aylangan Favqulodda vaziyatlar boʻyicha harbiy qismning yana 500 nafar xodimini yuborishga qaror qilgan. Ilgari ushbu boʻlinmaning 1200 nafar harbiy xizmatchisi hududga joʻnatilgan edi.
Mahalliy “Europa Press” agentligining xabar berishicha, Valensiya provinsiyasida elektr energiyasi bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Chorshanba kuni 155 ming uy elektrsiz qolgan boʻlsa, hozir ular soni 40 mingtani tashkil etmoqda.
“Valensiya provinsiyasida “DANA” boʻroni oqibatida 40 mingga yaqin kishi elektr taʼminotisiz qolmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.
“Pais” gazetasining xabar berishicha, payshanbadan jumaga oʻtar kechasi Andalusiyaning Huelva shahrida kuchli suv toshqini sodir boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring