spaniya 2023-yildan boshlab plastik qadoqlashni taqiqlaydi
2023-yildan boshlab Ispaniyadagi doʻkonlarda plastik xalta, quti va boshqa plastmassa qadoqdagi oziq-ovqat va yarim tayyor mahsulotlarni sotib olish imkoni boʻlmaydi, deb yozadi Europulse nashri.
Xuddi shu taqiq mahalliy kafe va restoranlarga ham tatbiq etiladi, ular 2025-yilga borib plastmassadan foydalanishni ikki baravar kamaytirishiga toʻgʻri keladi. Faqat meva va sabzavotlar bundan mustasno, chunki ularning sifati plastik qadoqsiz buzilishi mumkin. Bundan tashqari plastik butilkalardagi chanqovbosdi ichimliklar sotilishi ham keskin kamayadi.
Ushbu choralar 2030-yilga qadar Yevropa Ittifoqi davlatlarida plastmassa miqdorini kamaytirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring