Ispaniya 1984-yilgi final uchun «qasos» oladimi?
Illyustrativ foto
Bugun futbol boʻyicha Yevropa chempionatining birinchi yarim finali bahsi oʻtkaziladi. Unda Ispaniya va Fransiya terma jamoalari oʻzaro bellashadi.
Ushbu jamoalar shu paytgacha 36 bor oʻzaro toʻqnashgan. Oʻzaro oʻyinlarning 26 tasida Ispaniya terma jamoasi gʻalaba qozongan. Ularning 26 tasi oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlib, bahslarning 14 tasida Ispaniya, 7 tasida Fransiya gʻalaba qozongan. Besh bahsda gʻolib nomi aniqlanmagan. Toʻplar nisbati 54/23 Ispaniya foydasida.
Mazkur jamoalar rasmiy musobaqalarda 10 bor toʻqnash kelgan. Jumladan, jamoalar toʻrt marta Yevropa chempionati final bosqichida, ikki bor saralash bosqichda, bir marta jahon chempionatida, bir marta jahon chempionati saralashida va bir bor UYEFA millatlar ligasi musobaqalarida bahslashgan. Eʼtiborlisi, rasmiy oʻyinlarning ikkitasida Ispaniya gʻalaba qozongan. Olti oʻyinda esa fransuzlar raqiblaridan ustun kelgan. Ikki uchrashuvda gʻolib nomi aniqlanmagan.
Ispaniya va Fransiya Yevropa chempionati final bosqichida ilk bor — 1984-yilda oʻtkazilgan musobaqaning finalida bir-biriga qarshi maydonga saf tortgan. Oʻyinda Mishel Platini va Bryuno Bellon tomonidan kiritilgan gollar yakunda fransuzlarni musobaqa gʻolibiga aylantirgan edi.
1996-yilda oʻtkazilgan Yevropa chempionatining guruh bosqichida Fransiya va Ispaniya durang oʻynagan — 1:1. Uchrashuvda Yuriy Jorkayeff va Xose Luis Kaminero gol muallifi boʻlgan.
2000-yilda tashkil etilgan Yevropa chempionatining ham ¼ finalida Ispaniya va Fransiya oʻzaro bahslashgan. Uchrashuvda fransuzlar 2:1 hisobida gʻalabaga erishgan. Oʻyinda Zayniddin Zidan va Yuriy Jorkayeff tomonidan kiritilgan gollarga Gaiska Mendyeta bitta aniq zarba bilan javob bergan.
2012-yilda oʻtkazilgan qitʼa birinchiligining ¼ finalida esa Ispaniya Xabi Alonsoning ikki goli evaziga Fransiyani musobaqadan chiqarib yuborgan edi.
Xoʻsh, bugun Fransiya rasmiy oʻyinlardagi ustunligini saqlab qola oladimi? Yoki Ispaniya 1984-yilgi final uchun «qasos» oladimi?
Fransiya — Ispaniya uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring