Ishsizlik va kambagʻallik darajasini pasaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi

Oʻzbekiston Prezidentining 2024-yil 20-dekabr kuni qabul qilingan “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, mahalliy hokimiyat organlarining roli sezilarli ravishda kuchaytiriladi. Ushbu farmon mahalliy hokimliklarning hisobdorligi va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan tizimni joriy etishga qaratilgan.
Shu tariqa, 2025-yilda iqtisodiy oʻsish, ishsizlik va kambagʻallik darajasini pasaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga bir qator moliyaviy vakolatlar berildi. Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq va yer soligʻi kabi tushumlarning sezilarli qismini mahalliy byudjetlarga oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yildan boshlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga YATTlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining minimal va maksimal stavkalarini belgilash vakolati berildi. Shuningdek, koʻchmas mulk ijara qiymatining oshiruvchi koeffitsiyentlari zonalar boʻyicha oʻrnatilishi koʻzda tutilgan. Xalq deputatlari kengashlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun va yer qaʼridan foydalanish uchun soliq stavkalarini oʻzgartirish vakolatlari berildi.
Mahalliy hokimiyatlarga davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning 90 foizini tuman, shahar va viloyat byudjetlariga taqsimlash huquqi berildi. Shuningdek, mahalliy hokimliklarga bandlik va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish boʻyicha keng imkoniyatlar taqdim etildi.
Farmon hududlarning iqtisodiy rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish orqali aholi turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu islohotlar iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega boʻlishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring