Investitsiya vazirligining viloyat va tuman boʻlimlari tugatiladi
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hozirgi tizimini qayta koʻrib chiqib, hududlarda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalarini Savdo-sanoat palatasiga oʻtkazish zarurligi qayd etildi.
Bu orqali loyiha qilish va eksport tizimi davlatdan tadbirkorlar oʻzini-oʻzi boshqaradigan tashkilotga oʻtkaziladi. Bu tadbirkorlarning talab va istaklariga quloq solish, ular bilan yaqindan hamkorlik qilib, muammolarini hal qilish maqsadida qilinmoqda.
Shuningdek, Investitsiya vazirligining viloyat va tuman boʻlimlari tugatiladi. Hududlarda ushbu vazifalar bilan Savdo-sanoat palatasining loyiha qiladigan va eksportga koʻmaklashadigan mutaxassislari shugʻullanadi.
Eksport agentligi va jamgʻarmasi, “Oʻzbekekspertiza” tashkiloti ham Savdo-sanoat palatasi tizimiga oʻtadi.
Ishlab chiqarish, eksport va brendlarga beriladigan grant, subsidiya va boshqa imtiyozlar palata orqali egasiga ochiq-oshkora va shaffof beriladigan tizim joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring