Interpol qidiruvida boʻlgan 3 erkak BAAda qoʻlga olindi

15:29 03 Avgust 2025 Jamiyat
310 0

Foto: IIV

Interpol kanallari orqali qidiruvda boʻlgan fuqarolar Birlashgan Arab Amirliklaridan Oʻzbekistonga keltirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ogʻir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanib, xalqaro miqyosda qidiruvda boʻlgan uch nafar fuqaro Toshkent va Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlarining uzviy hamkorligi va muvofiqlashtirishi natijasida BAA qoʻlga olingan. Shundan soʻng ushbu fuqarolar tegishli tartibda Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlariga oʻtkazilgan.

Foto: IIV

Aniqlik kiritilishicha, mazkur shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar boʻyicha qidiruv eʼlon qilingan boʻlgan.

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?