Internet tarmogʻida giyohvandlik vositalari yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatganlik, reklama qilganlik hamda namoyish etganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanadi

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining va psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.
Maʼlumki, bugungi kunda voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda hamda telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish orqali giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining va psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasi ortib borayotganligi munosabati bilan ushbu huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini qayta koʻrib chiqish talab etilmoqda.
Shu bilan birga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda targʻib qiluvchi materiallarni tarqatganlik yoki reklama qilganlik uchun odillik prinsipiga muvofiq jazo choralarini qoʻllash maqsadida mazkur turdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu hujjat bilan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda, shuningdek giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki joʻnatganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Senatorlar taʼkidlashicha, mazkur Qonun giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarni targʻib yoki reklama qilishning hamda ularning qonunga xilof muomalasining oldini olishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring