Inson huquqlari ustuvor
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muborak Ahmedovaning Xorazm viloyatidagi uchrashuvlari koʻtarinki ruhda oʻtmoqda.
Xalq vakili uchrashuvlari chogʻida yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirmoqda.
Xususan, Urganch Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida boʻlib oʻtgan tadbirda Bosh qomusimizga kiritilayotgan yangiliklar haqida soʻz yuritildi.
Taʼkidlanganidek, ijtimoiy davlatga xos yondashuv taʼlim sohasi boʻyicha ham koʻpgina modda va normalarda oʻz ifodasini topmoqda. Taʼlim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshmoqda. Jumladan, fuqarolarning oliy taʼlim muassasalarida davlat granti hisobidan oʻqish imkoniyati belgilab qoʻyildi.
— Asosiy qonunda fuqarolarning bepul boshlangʻich kasb-hunarga oʻqitilishi ham belgilanmoqda, — deydi deputat Muborak Ahmedova. — Shuningdek, nogironligi bor bolajonlarimizga oʻz tengdoshlari bilan bir xil taʼlim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish koʻzda tutilyapti.
Shuningdek, aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham kiritilgan. Aholi salomatligini asrash bilan bogʻliq normalar esa 4 barobar koʻpaytirilmoqda.
Tadbirda deputat yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida kengroq maʼlumotlar berar ekan, talabalar tomonidan berilgan savollarga ham atroflicha javoblar qaytardi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring