Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) hisobot berdi
Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning fuqarolar murojaatlari asosida davlat idoralariga yuborayotgan murojaatlarining ijro holati tahlil qilindi.
Yigʻilishda qayd etilishicha, 2021-yil 9 oyi davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili nomiga mamlakatimiz va xorijiy davlatlar fuqarolari, ombudsmanlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 13 689 ta murojaat kelib tushgan.
Tahlillarga koʻra, parlament nazorati subyekti sifatida Ombudsman tomonidan 7028 ta murojaat oʻz ish yurituviga olindi. Qolgan murojaatlar Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga yuborilgan.
Inson huquqlari boʻyicha vakil aholi murojaatlari, ularni qiynayotgan masalalarga toʻxtalar ekan, amaldagi qonun va qonun osti normalarini takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini ham bildirdi.
Yigʻilishda aliment qarzdorligi, xususiy mulk daxlsizligi, aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha mavjud kamchiliklari senatorlar tomonidan alohida taʼkidlandi. Shuningdek, baʼzi mansabdor shaxslarning qabul qilinayotgan yangi normalardan yetarli darajada xabardor emasligi sababli, fuqarolar Ombudsmanga murojaat qilishga majbur boʻlayotgani xususida ham tanqidiy fikrlar bildirildi.
Muhokama natijalari yuzasidan qoʻmita tomonidan mutasaddi idoralarga tegishli koʻrsatmalar va tavsiyalar berilib, qarorda aks ettirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring