Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri ochiq holda yuritiladi
Hukumat qarori bilan “Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Mazkur Nizom inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi takrorlanadigan va dolzarbligini yoʻqotgan omillarni bekor qilish hamda eʼlon qilib borish jarayonlarini qamrab oladi.
Jumladan, nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va oshkoralikni taʼminlash, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlar faoliyatini noqonuniy toʻxtatish holatlarining oldini olish hamda davlat tomonidan nazorat qilish tizimining hisobdorligi va shaffofligini taʼminlash ushbu reyestrni yuritishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur Nizom inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ham belgilaydi.
“Reyestr Adliya vazirligi tomonidan «Yagona davlat nazorati” axborot tizimida barcha uchun ochiq holda belgilangan shaklda yuritiladi», deyiladi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring