Inomjon Majidov oliy taʼlimdagi koʻchirmakashliklar, islohotlar sezilmayotgan magistratura va doktorantura taʼlimi haqida
“Tashkent city«dagi Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlar forumi — 2020” doirasida oʻtkazilgan «Ijtimoiy soha – 2030: taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimi istiqbollari” mavzusidagi tadbirda Oliy va oʻrta taʼlim vaziri Inomjon Majidov ham ishtirok etdi va yoshlar bilan muloqot qildi.
Uchrashuvdan soʻng, “Xalq soʻzi” muxbiri oliy taʼlimdagi koʻchirmakashliklar, magistratura va doktorantura taʼlimidagi islohotlar haqida vazirga savol berdi.
– Bugungi kunda bakalavrga kirish boʻyicha yaxshi ishlar qilindi, lekin magistratura va doktoranturaga oid islohotlar deyarli sezilmayapti. Ixtiyor toʻla OTMni oʻziga tashlab qiyilgandek, qachon kengroq nazoratga olinadi? Oddiygina misol, hatto plagiat tizimi ham yoʻq. Talabalar saralab olinayotganda diplom ishi dissertatsiyasini oʻzi yozganmi, yoʻqmi, qayerlardan koʻchirgan, buyam tekshirilmaydi...
– Bu yildan siz aytgandek oliy oʻquv yurtlariga tashlab qoʻyilgani yoʻq. Birinchidan, magistraturada raqobat unaqa baland emas, birinchi yil 2 tadan oshdi, lekin shu yilgacha bir oʻringa 2 ta edi. Bu yil hammasini umumiy testdan oʻtkazdik. Umumiy deyish notoʻgʻri-yu sohaviy test oʻtkazdik, umumiy zallarda topshirishdi. Endi ishlarni tekshirishda antiplagiat degan dasturdan foydalanilyapti. Koʻproq himoyalar uchun dastur ishlatilyapti. Faqat bitiruv ishi emas, antiplagiat tizimi ijodiy ishlarga oʻtkazildi, qayerdadir davlat imtihonlariga oʻtkazildi.
– Aynan qaysi universitetlar shunday qildi, misol keltira olasizmi?
– Masalan, OʻzMUda axborot texnologiyalari dasturlari judayam rivojlangan, ularda foydalanildi.
– Vazirlik tizimdan foydalanish uchun majburiyat qoʻymaydimi?
– Yoʻq, majburiyat emas talab qoʻyadi, uni borib boshqarmaydi.
– Gʻalati emasmi, talab qoʻysa-yu tekshirmasa?
– Eshitgan boʻlsangiz kerak, akademik mustaqillik, toʻgʻrimi? Oliy oʻquv yurtining umuman mustaqilligi, boshqaruv mustaqilligi ana oʻsha prinsiplari ham bor. Hozir vazirlik oliy oʻquv yurtining har bitta qadam bosishini, nima qilishi kerakligini yozib oʻtirsa, biz yana 10 yil orqaga qaytamiz.
Inobat AHATOVA,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring