Imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.B.” MCHJ masʼul shaxslari Avtobetonasos texnikasini xarid qilish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan 2,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻini naqdlashtirib olishga erishib, ushbu mablagʻlarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.t.” MCHJda kassir vazifasida ishlagan D.U. va S.S. oʻzaro til biriktirib, MCHJ mijozlari tomonidan toʻlangan kredit toʻlovlarini kirim qilmasdan jami 276,9 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring