Ilonni tiriklay yegan fuqaro BHMning 20 baravari miqdorida jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda koʻlvor ilonni tiriklay yegan fuqaro boʻyicha Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Zomin tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻrganish ishlari olib borildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Oʻrganish davomida ushbu holat fuqaro Q.H. tomonidan sodir etilganligi maʼlum boʻldi.
Fuqaro bu harakati bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4,30,51,53-moddalari talablarini buzgan.
Davlat inspektorlari tomonidan fuqaroga nisbatan MJtKning 90-modda 1-qismi bilan BHMning 20 baravari (7,5 mln.) miqdorida jarima qoʻllanildi.
Shuningdek, 1 125 000 soʻm miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring