Ilon Mask kompaniyasi koʻzi butunlay koʻr insonda koʻrish qobiliyatini tiklashga harakat qiladi
Ilon Maskka tegishli Neuralink kompaniyasi 2026-yilda koʻzi butunlay koʻr boʻlgan bemorda koʻrish qobiliyatini qisman tiklash boʻyicha jarrohlik amaliyoti oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
“Kelasi yili koʻzi toʻliq koʻr insonning koʻrish qobiliyatini qisman tiklashni maqsad qilganmiz”, — deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoq Xʼda, kompaniyaning Kanadada amalga oshirgan ilk operatsiyalari haqidagi xabarga izoh berib.
Avvalroq xorijiy OAVlarda Neuralink 2031-yilga kelib har yili 20 ming bemorga neyrochip oʻrnatishni maqsad qilayotgani haqida maʼlumot berilgan edi. Kompaniya kamida uch xil neyrochipni joriy etishni rejalashtirmoqda:
— koʻr va sustkoʻrarlar uchun koʻrish qobiliyatini tiklashga xizmat qiluvchi Blindsight,
— Parkinson kabi neyrodegenerativ kasalliklar belgilariga qarshi kurashuvchi chip,
— kompyuter va boshqa qurilmalarni fikr orqali boshqarish imkonini beruvchi Telepathy.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring