Ilk marotaba OTMlar filiallari reytingi tuzildi

16:07 04 Noyabr 2021 Jamiyat
841 0

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini eʼlon qilishga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjuman davomida joriy yilda ilk marotaba oliy taʼlim muassasalari filiallari reytingi eʼlon qilindi.

Reyting natijalariga koʻra, yuqori oʻrinlarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali, Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali egalladi.

Soʻnggi oʻrinlarda Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, Toshkent davlat pedagogik universiteti Termiz filiali, Toshkent davlat pedagogik universiteti Shahrisabz filiali, Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali qayd etildi.

Qayd etish lozim, mazkur reytinglarni tuzishdan maqsad filiallarning taʼlim sifatiga boʻlgan hisobdorligini oshirish va ularni taʼlim sifatini oshirish boʻyicha mehnatlarini ragʻbatlantirishdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?