Ikki viloyatda salkam 300 million soʻmlik qalbaki tamaki hamda alkogol mahsulotlari savdosining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro T.Sh. “GENTRA” rusumli avtomashinada tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 196 million soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan 800 dona elektron tamaki mahsulotini Chust tumanida sotish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat tezkor tadbir xodimlari tomonidan nazoratga olinib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, IIB va bojxona xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda ham aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, “N.T.” MCHJ rahbari K.N. va “N.I.” MCHJ rahbari U.Sh.larning savdo doʻkonlaridan umumiy bahosi 99,2 million soʻmlik jami 203 dona qalbaki aksiz markali alkogol hamda 4 ming 436 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlanib, tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi Departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aziz Toshpoʻlatov Ichki ishlar vaziri boʻldi
- Eldor Shomurodov “Roma” klubining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
- IIV sobiq rahbari Poʻlat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
- Navoiyda 8-sinf oʻquvchisi farzandli boʻldi
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- “Tilimizga befarq boʻlmang!” Atamalar komissiyasi 30 ta xorijiy soʻz uchun oʻzbekcha muqobil taklif qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring