Ikki viloyatda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqargan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Sh.B. “A.Temur” MFY hududidagi xonadonida qonunga xilof ravishda qoʻlbola usulda yasalgan juvoz uskunasida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 55 litr yogʻsimon mahsulot, 392 kilogramm chigit va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Shoʻrchi tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “B.” MCHJ rahbari fuqaro F.S. “Olatemir” MFY hududidagi xonadonida yogʻ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 937 kilogramm chigit va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring