Ikki nafar bolani mashinasida urib ketgan haydovchi 9-yil-u 6 oyga qamaldi

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida opa-singilning oʻlimiga sababchi boʻlgan Cobalt haydovchisiga hukm oʻqildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Avvalroq, 2 nafar bolalarni urib, qochib ketgan haydovchiga jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida xabar qilingandi.
Maʼlum qilinishicha, holat 2024-yilning 18-noyabr kuni soat 19:30 atrofida Jizzax viloyati Baxmal tumanida sodir boʻlgan. 1991-yilda tugʻilgan “Cobalt” mashinasi haydovchisi yoʻlning belgilangan qismidan kesib oʻtayotgan 2011-yilda tugʻilgan I.M. va uning singlisi, 2020-yilda tugʻilgan I.K.larni urib yuborib, bolalarga yordam berish oʻrniga, voqea joyidan juftakni rostlagan.
Ushbu YTH oqibatda opa-singillar turli ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan ish Baxmal tuman sudida koʻrib chiqildi. Sud hukmiga koʻra, haydovchi 3-yil muddatga avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilib, unga nisbatan 9-yil-u 6 oyga muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bundan tashqari, jabrlanuvchining foydasiga 145 million soʻm maʼnaviy va moddiy zarar toʻlanishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring